20:58 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
191 0 0

BSST rahbari mamlakatlar va hukumatlarni pandemiyaga qarshi kurash choralariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi, bular: niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyena va testlar.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi samarali dori vosita umuman paydo boʻlmasligi ham mumkin. Bu haqda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus brifingda maʼlum qildi.

"Hozirda bir qator vaktsinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan oʻtmoqda va barchamiz odamlarni kasallanishini oldini olishga yordam beradigan samarali vaktsinalarning qandaydir miqdorini olishga umid qilib qolamiz. Ammo, hozirda mukammal davo yoʻq va u hech qachon paydo boʻlmasligi ham mumkin", - dedi u.

BSST rahbari mamlakatlar va hukumatlarni koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni koʻrishga chaqirdi. U yana bir bor niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyenaga amal qilish va testlarni oʻtkazish muhimligini taʼkidladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular