Serenko: Afg‘oniston boshqa voqelikda yashashni boshladi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos va Rossiyaning zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko Amerika qo‘shinlarining haqiqiy olib chiqilishi istiqbollariga va bu shunchaki saylovoldi va’dalari ekaniga izoh berdi.

Trampning Afg‘onistondagi harbiy kontingent sonini avval sakkiz minggacha, so‘ngra to‘rt minggacha qisqartirish haqidagi bayonoti, siyosatshunosning fikriga ko‘ra, saylovoldi va’dalaridan boshqa narsa emas. Endilikda prezidentlikka nomzod Tramp qilayotgan har qanday bayonot faqatgina elektorar manfaatlarga asoslangan, deb hisoblaydi Andrey Serenko.

"Albatta, Afg‘oniston bo‘yicha ushbu mavzuga - qo‘shinlarni olib chiqish mavzusiga Trampning qiziqishi ortib bormoqda, chunki bugungi kunga unda o‘zining birinchi muddati oxirida saylovchilariga taqdim etadigan hech qanday yutuqlar yo‘q. Bundan tashqari, ichki tartibsizliklar unga saylovoldi kampaniyasini olib borishini qiyinlashtirishiga olib keldi”, - deya ta’kidlaydi ekspert.

AQShning amaldagi prezidenti qo‘lida bugungi kunda Amerika jamoatchiligi uchun ijobiy hisoblanadigan mavzulari ko‘p emas. Siyosatshunosning fikriga ko‘ra, Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish mavzusi, ko‘proq afg‘on urushini tugatilishining imitatsiyasiga o‘xshaydi.

"Tramp marraga yetib olishi va ijobiy natija erishishi maqsadida ushbu siyosiy texnologiyaga mahkam yopishib olgan", - deydi Serenko.

Ammo Tramp Oq uyda qolish-qolmasligidan qat’iy nazar, amerikaliklar baribir Afg‘onistondagi harbiy ishtiroklarini kamaytiradi, deb hisoblaydi ekspert. Rasmiy Kobul voqealarning bunday rivojiga deyarli tayyor.

Yangiliklar lentasi
0