21:10 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
105710

Beyrutdagi portlashning dastlabki sababi - dengiz portida oʻta xavfli moddalarni saqlash paytida yoʻl qoʻyilgan beparvolik va harakatsizlik holatlari.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Beyrut portida yuz bergan portlash holatini dastlabki oʻrganish natijalari maʼlum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi tergov ishlari bilan tanish boʻlgan manbaga asosan xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Beyrutda portlashning dastlabki sababi - dengiz portida xavfli moddalarni saqlash paytida yoʻl qoʻyilgan harakatsizlik va beparvolik holatlari.

Taʼkidlanishicha, ushbu muammo bilan shugʻullanuvchi inspektsiya 6 oy oldin qonunbuzarliklarga eʼtibor qaratgan. Qoʻmita va sudyalar tomonidan xavfli moddalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror tayyorlash yuzasidan “hech narsa qilinmagan”.

Livan huqumati portlash sodir boʻlgan port maʼmuriyatining barchasini uy qamogʻiga olish haqida topshiriq bergan.

Livan poytaxti Beyrut shahrining portida kuni kecha, 4 avgustda kuchli portlash sodir boʻldi. Soʻnggi malumotlarga koʻra, 113 kishi halok boʻldi, toʻrt mingdan ziyod inson jarohatlandi.

Livan poytaxti Beyrut shahrida yuz bergan portlash 3-5 milliard dollar miqdorida zarar yetkazdi.

Livan bosh vaziri Xassan Diyab portda olti yil davomida notoʻgʻri saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasini portlash sababi sifatida keltirgan. Fojia tufayli Livanda uch kunlik motam eʼlon qilingan.

 

Asosiy mavzular