18:31 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
249 0 0

AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok va WeChat ilovalarining “tahdidi”ga qarshi kurash boʻyicha farmonni imzoladi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash toʻgʻrisida farmonni imzoladi.

Yangi hujjat 45 kundan soʻng kuchga kiradi. Ular ByteDance va Tencent ilova ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan har qanday shartnomalarni tuzishga cheklov kiritadi.

Hujjatda TikTok va WeChat AQSH milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida koʻrsatilgan. Taʼkidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi maʼlumotlarni yigʻadi.

"Bu Xitoyga federal xizmatchi va shartnoma ishchilari ishlaydigan joylarni kuzatib borish, shantaj qilish uchun shaxsiy maʼlumotlar asosida hujjatlar toʻplamini yigʻish va sanoat josusliklarini amalga oshirishga imkonini beradi", - deyilgan hujjatda.

Ilgariroq, AQSH prezidenti Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasi 15 sentyabrgacha TikTok’ni sotib olishi zarurligi, aks holda, ilova mamlakat hududida taqiqlanishi haqida aytgandi.

Microsoft ilovani sotib olish boʻyicha muzokaralar davom ettirishini tasdiqlagandi. Hozircha shartnoma narxi aniqlanmadi, ammo OAVlar taxminiga koʻra, 10-30 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

TikTok – Xitoyning ByteDance kompaniya tomonidan qisqa videolarni yaratish va koʻrish uchun moʻljallangan ilova.

Asosiy mavzular