Germaniya TIV AQShning “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha tahdidlariga keskin javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSudno-truboukladchik "Akademik Cherskiy"
Sudno-truboukladchik Akademik Cherskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya tashqi ishlar vaziri energiya tashuvchilarni kimdan sotib olish bo‘yicha qaror Yevroittifoqning suveren qarori ekanini urg‘uladi.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Energiya tashuvchilarni kimdan sotib olish bo‘yicha qaror Yevroittifoqning suveren qaroridir va unga tashqaridan hech kim energiya siyosatini qanday yuritishni buyurolmaydi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Maas AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish rejalarini shunday izohladi.

Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya TIV AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi tahdidlariga javob berdi

"Germaniya hukumati uchun transatlantik aloqalar ko‘p yillar davomida ulkan ahamiyatga ega bo‘lib kelgan, va nafaqat biz uchun, balki umuman Yevropa uchun ham. Ular har qanday siyosiy vaziyatdan chuqurroqdir. Ammo shunga qaramay, alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak, sheriklar o‘rtasidagi sanksiyalar mavjudligi - bu noto‘g‘ri yo‘l, bu yolg‘on yo‘li. Va oxir-oqibat, biz energiya tashuvchilarni qayerdan sotib olishimiz – bu bizning suveren qarorimiz. Hech bir davlat tahdidlar yordamida YeIning energiya siyosatini belgilab berolmaydi", - dedi u.

Vazirning ta’kidlashicha, YeI ichidan eksterritorial sanksiyalar halqaro huquqni qanchalar buzayotganligi muhokama qilinmoqda, va bu pozitsiyani AQSh davlat kotibi bilan bo‘lgan suhbatda "aniq ifoda etganini" ta’kidladi.

AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiya sohilidan Boltiq dengizi bo‘ylab Germaniyaga olib boradigan, quvvati yiliga 55 milliard kubometr bo‘lgan gaz quvurini yotqizishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish bilan, yagona aksioneri Gazprom bo‘lgan Nord Stream 2 AG shug‘ullanmoqda. Uning yevropalik sheriklari - Royal Dutch Shell, OMV, Engie, Uniper i Wintershall  - loyihani yarmini moliyalashtirmoqdalar, har biri 950 million yevrodan.

O‘z suyultirilgan gazini YeIda ilgari surayotgan AQSh, loyihaga faol qarshi chiqmoqda. O‘tgan yilning oxirida AQSh “Shimoliy oqim-2”-ga qarshi sanksiyalarni mudofaa budjetiga kiritdi, buning natijasida quvurlarni yotqizish bilan shug‘ullangan Shveysariyaning Allseas kompaniyasi ishni deyarli darhol to‘xtatdi.

Iyul oyida Davlat departamenti “Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish” to‘g‘risidagi qonun doirasiga o‘z tavsiyalarni chop etdi, va unga “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi”ning ikkinchi quvurini kiritdi. Bu Rossiyaning eksport gaz quvur liniyalari bilan bog‘liq investitsiyalar va boshqa faoliyatni sanksiyalar xavfi ostiga qo‘yadi. Bundan tashqari, iyul oyida Kongress vakillar palatasi va Senat loyihaga qarshi kengaytirilgan sanksiyalarni o‘z ichiga olgan mudofaa budjeti variantlarini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0