23:38 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
33910

Xitoy TIV vakili Chjao Litszyan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoni "siyosiy virus"ni, yolgʻonni tarqatishda va dalillarni buzib koʻrsatishda aybladi

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. XHR TIV vakili Chjao Litszyan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoni "siyosiy virus"ni, yolgʻonni tarqatishda va dalillarni buzib koʻrsatishda aybladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq, amerikalik diplomat oʻzining Chexiya Respublikasiga tashrifi chogʻida, Xitoy hamma joyda biznesni nazorat qilishga intilayotgani va demokratiyaga Rossiyadan koʻra yanada koʻproq tahdid solayotganini aytdi.

"Sovuq urush gʻoyalari va oʻzining shaxsiy manfaatlarini hisobga olib, Pompeo Xitoy Kommunistik partiyasini, shuningdek, XHRning ichki va tashqi siyosatini qayta-qayta asossiz ravishda tanqid qilmoqda. Xitoy bu borada bir necha bor oʻzining qatʼiy pozitsiyasini bildirgan", - dedi Chjao Litszyan.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, Pompeo qayerga bormasin, oʻzi bilan "siyosiy virus" va "dezinformatsiya"ni olib yurib, tarqatadi. Pompeo va unga oʻxshaganlar "xalqaro hamjamiyatni aksil-xitoy va aksil-kommunizm aravasiga bogʻlab qoʻyishga" urinmoqdalar, ammo bunday urinishlar muvaffaqiyat qozonmaydi, dedi Litszyan.

""Fursatdan foydalanib, OAVdan shu narsani soʻramoqchi edim, janob Pompeodan qiziqib koʻringizlar, u kun ora yolgʻonni takrorlab, dalillarni rad etib yoki buzib koʻrsatganida aybdorlik hissini tuymasmikin?", - dedi diplomat.

Asosiy mavzular