18:55 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1465 0 0

Toliblarning Tojikiston chegarasi yaqinida Afgʻoniston armiyasi kuchlariga qurolli hujumi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Tojikiston bilan chegarada afgʻon harbiylari toliblar hujumini qaytardi, deb xabar qildi Sputnik Tojikistonga afgʻon milliy armiyasining 217-"Pomir" korpusi matbuot-kotibi.

Terrorchilar 14 avgust kuni 6.30da Badaxshon provintsiyasining Kuf-Ab uyezdi hududida armiya va politsiya kuchlariga hujum uyushtirgan.

Afgʻoniston harbiylari harakatlari natijasida 10 nafar jangari oʻldirilgan, 6 nafari jarohatlangan, 4 nafari asir olingan.

Jangarilardan 1 ta granatomet, 1ta Kalashnikov avtomati va boshqa qurollar olib qoʻyilgan.

Muvaffaqiyatsiz ishgʻoldan soʻng, toliblar chekingan. Afgʻoniston armiyasi tomonidan boʻlgan yoʻqotishlar va/jarohatlanganlar haqida maʼlumotlarga aniqlik kiritilmagan.

Asosiy mavzular