02:44 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
75720

Aktrisa Anjelina Joli AQShdan boshqa davlatga koʻchib oʻtishni istayotgani maʼlum boʻldi. Ayni vaqtda u Yevropada koʻchmas mulk sotib olishni koʻrib chiqmoqda.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Aktrisa Anjelina Joli AQShdan Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtishni istayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Mirror nashri xabar qildi.

Nashr yozishicha, aktrisa Richmondda koʻchmas mulkni sotib olishni koʻrib chiqmoqda. Ushbu hududda u 2011 yilda sobiq turmush oʻrtogʻi Bred Pitt bilan film tasvirga olish vaqtida yashagan.   

Uning fikriga koʻra, Richmond madaniyat va taʼlim nuqtai nazaridan bolalar uchun ideal joy.

Oʻtgan yilning noyabr oyida “Oskar” mukofoti sovrindori Harper's Bazaar jurnaliga bergan intervyuda AQShdan ketishni istayotganini aytgandi. Biroq farzandlari 18 yoshga toʻlmagani sababli buni amalga oshira olmagan.

Joli va Pitt 2016 yilda 2 yillik nikohdan va deyarli 10 yillik munosabatlardan soʻng ajrashishdi.

Juftlik 6 nafar farzandni tarbiyalamoqda – Meddok, Zaxaru, Paks (asrab olingan) hamda Shaylo, egizaklar Noks va Vivyen.

Meddoks avgust oyida 18 yoshga toʻldi, u Janubiy Koreya universitetida tahsil olmoqda. Boshqa farzandlar esa AQShda istiqomat qiladi.

Asosiy mavzular