13:28 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
177 0 0

Oldinroq mutaxassislar AQSH prezidentining koronavirus "oʻzidan-oʻzi asta-sekin yoʻq boʻlib ketishi mumkin" degan gaplarini bir necha bor rad etishgan edi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp, AQSH vaktsina paydo boʻlishi-boʻlmasligidan qatʼiy nazar, koronavirusdan xalos boʻlish mumkinligiga ishonadi.

Avvalroq, Oq uyning koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha ishchi guruhi aʼzolari AQSH prezidentining koronavirus "oʻzidan-oʻzi asta-sekin yoʻq boʻlib ketishi mumkin" degan gaplarini bir necha bor rad etishgan.

"Biz qachon ushbu virusdan xalos boʻlamiz, u albatta oʻtib ketadi va bu odamlar oʻylagandan ham koʻra tezroq sodir boʻladi, vaktsinalarsiz sodir boʻladi. Bu roʻy bermoqda ham", - dedi Tramp Shimoliy Karolinada oʻz tarafdorlari oldidagi chiqishi paytida. U AQShda koronavirus vaktsinasi sinovning soʻnggi bosqichi davom etayotganini eslatdi va "u yil oxirigacha yoki undan oldin ham paydo boʻlishi mumkin", dedi. "Biz virusni birgalikda yengamiz", - dedi Amerika prezidenti.

Djons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5,7 milliondan oshdi, 177 ming AQSH aholisi vafot etdi. AQShda bir nechta kompaniyalar koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqish ustida ishlamoqdalar, hozirda yangi vaktsina sinovlarning soʻnggi bosqichida. Avvalroq, Tramp maʼmuriyati vaktsina yil oxirigacha paydo boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgan.

11 avgust kuni Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Ilmiy tadqiqot markazi, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda dunyoda birinchi ishlab chiqilgan yangi koronavirus infektsiyasini (COVID-19) oldini oladigan “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) oʻz hamkorlari bilan birgalikda Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqarish uchun 4 milliard rubl miqdorida sarmoya kiritdilar.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bogʻliq soʻnggi maʼlumotlar stopkoronavirus.rf portalida keltirilgan.

Asosiy mavzular