14:13 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
651 0 0

Raketa qoʻshinlari xizmatchisi Ukraina Mudofaa vazirligiga maxfiy maʼlumotlarni taqdim etib kelgani aniqlandi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Barnaulda joylashgan Strategik maqsadli raketa qoʻshinlari (RVSN) xizmatchisi davlatga xiyonat qilgani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti FXXga asosan.

"Barnaul shahrida davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni toʻplab, Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasiga taqdim etib kelgan Strategik maqsadli raketa qoʻshinlari harbiy xizmatchisi hibsga olindi", - deyiladi RIA Novosti iqtibos qilgan xabarda.

Erkak qamoqqa olindi. "Davlatga xiyonat" moddasi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

Avvalroq Sputnik radiosi davlatga xiyonat ishi boʻyicha hibsga olingan Safronov haqida uning hamkasbi aytib bergani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular