14:20 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
648 0 0

Chushul-Moldo hududidagi hind zastavasidagi vaziyatni hal qilish uchun brigada qoʻmondonlari darajasida uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Hindiston mudofaa vazirligi Xitoy qoʻshinlari bilan yangi toʻqnashuv haqida xabar berdi, deb yozadi Times of India.

"29 avgustdan 30 avgustga oʻtar kechasi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qoʻshinlari Sharqiy Ladakxdagi toʻqnashuvlar boʻyicha harbiy va diplomatik uchrashuvlarda erishilgan avvalgi kelishuvni buzdilar va status-kvoni oʻzgartirish maqsadida provokatsion harbiy harakatlarni amalga oshirdilar", - deyiladi xabarda.

Chushul-Moldo hududidagi hind zastavasidagi vaziyatni hal qilish uchun brigada qoʻmondonlari darajasida uchrashuv oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, dunyoning aholisi eng koʻp ikki mamlakat - Hindiston va Xitoyni Makmagon chizigʻi deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Hindiston va Dalay Lama hukumati mavjud chegarani tan olishgan, ammo 1959 yildagi rasmiy diplomatik notada eʼlon qilinganidek Xitoy buni tan olmagan.

Asosiy mavzular