07:06 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
885 0 0

1983 yil 1 sentyabrda Saxalin ustida Janubiy Koreyaning Boing-747 samolyoti urib tushirildi. U Nyu-Yorkdan Seulga tomon uchayotgan edi. Samolyot bortida 269 kishi boʻlgan.

Olga Bugrova, Sputnik radiosi sharhlovchisi

Ogohlantiruvchi signallar taʼsir qilmasdi. Yoʻlovchi layneri yanada balandroq eshelonni egalladi va yana sovet havo hududini buzdi. 1983 yilning 1 sentyabrida Saxalin ustida Janubiy Koreyaning Boing-747 samolyoti urib tushirildi. U Nyu-Yorkdan Seulga tomon uchayotgan edi. Samolyot bortida 269 kishi boʻlgan.

Boing neytral suvlarga qulagan. Qidiruv operatsiyasi ikki oy vaqtni oldi. Odamlar tanasi qismlari topilmagan. Keltirilgan versiyaga koʻra: amerika razvedka samolyoti - "janubiy koreya samolyoti egizagi" urib tushirilgan. Layner esa sekingina Yaponiyadagi AQSH bazasida qoʻndirilgan. Yoʻlovchilarni sukut saqlashga majbur qilishgan.

Havodagi jang

Oʻsha kuni fojia yuz bergan hudud ustida AQSH razvedkachi-samolyoti - RC-135 aylangan. "U boing-737 negizida yaratilgan, ammo haddan ziyod apparatura bilan yuklatilgan va ikkita dvigatel oʻrniga toʻrttasidan foydalanilgan: uni olisdan boing-747dan farqlash qiyin", – deya hikoya qiladi Havodan hujumga qarshi mudofaa qoʻshinlari muzeyi direktori Yuriy Knutov.

"Qaysidir lahzada ikkita samolyot trassalari kesishgan. Lokatorlar ekranlarida ikkita belgi birlashgan, soʻngra yana ajralgan, va biz hududimizga RC-135, yaʼni josus-samolyot kirib kelayapti, deb oʻylaganmiz. U haqiqatda harbiy obʼyektlar ustidan ucha boshlagan, u ikki marta ogohlantirilgan, SSSR hududidan tashqariga chiqa boshlaganida esa, birinchi raketa bilanoq urib tushirishgan".

Frantsiyalik avia-ekspert Mishel Bryun soʻzlariga koʻra, 1 sentyabrda Saxalin osmonida haqiqiy havo jangi yuz bergan – dengizda 9ta samolyot, shu jumladan, "josuslik apparaturasi bilan toʻldirilgan amerika samolyotlari" qoldiqlari topilgan. Janubiy Koreya samolyotidan esa nom-nishon boʻlmagan.

Oʻyinchoqlar yordamida fokus

Yoʻlovchi laynerida odamlar boʻlganmi yoki yoʻq? Yuriy Knutovga koʻra, bu savol hanuzgacha ochiq turibdi:

"Samolyot AQSH razvedkasi tomonidan tayyorlangan Janubiy Koreya ishtirokidagi fitna oqibatida urib tushirilganini isbotlovchi inkor etib boʻlmas dalillar mavjud. Amerika havo shpionini yoʻlovchi layneri bilan almashtirib qoʻyishgan. Undan tashqari, boing-747 parvozi kuni shu hududda razvedka sputnigi "Ferret" va shpionlik bilan shugʻullangangan kema ham boʻlgan. Ularning vazifasi Uzoq Sharqdagi sovet havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini ochishdan iborat edi. Hatto bu yoʻlda insonlar hayotini qurbon qilishdan ham toymadilar. Ammo qurbonlar qani?.."

Knutovning taʼkidlashicha, 2020 yilning boshida TSRU bitta operatsiyani maxfiylikdan chiqargan. 1960-yilda uni Kuba uchun tayyorlashgan. Yoʻlovchi samolyoti tayyorlanadi. Yaqinda joylashgan AQShdagi harbiy bazaga yetib keladi. Yoʻlovchilar tushirib qoldiriladi, samolyot bolalar oʻyinchoqlari bilan toʻldiriladi, avtorejimda u Kuba hududiy suvlari tomon uchadi, va oʻsha yerda  portlatiladi.  Okeanda bolalar halok boʻlgani dalillari asosida AQSH Kubaga urush eʼlon qiladi. Oʻshanda prezident Kennedi bu stsenariyni qabul qilmaydi. Ehtimol, 1983 yilda bu haqda eslab qolishgan va SSSR ortidan "yovuzlik imperiyasi" nomini mustahkamlab qoʻyish uchun endi ushbu stsenariy prezident Reyganga taklif etilgan.

Asosiy mavzular