19:26 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
328 0 0

Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishini qoʻllab-quvvatlaydi va AQSH sanktsiyalari noqonuniy deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishini qoʻllab-quvvatlaydi va AQSH sanktsiyalari noqonuniy deb hisoblaydi. Bu haqda Germaniya kantsleri Angela Merkel Shtralzund shahridagi chiqishi davomida maʼlum qildi. Uning soʻzlaridan “Ostsee-Zeitung” gazetasi iqtibos keltirgan.

“Federal hukumat hamisha gaz quvuri qurilishi tarafdori boʻlgan. Amerikaliklarning eksterritorial saktsiyalarini noqonuniy deb hisoblaymiz”, - dedi kantsler.

AQSH “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi chiqmoqda, chunki Yevropaga oʻzining suyultirilgan tabiiy gazini zoʻrlab oʻtkazmoqchi. Iyul oxirida AQSH Senati “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi qoʻshimcha cheklovchi choralarni koʻzda tutuvchi yangi mudofaa byudjetini tasdiqladi. Unga muvofiq amaldagi sanktsiyalar quvurlarni yotqizish bilan shugʻullanayotgan tashkilotlarga va ular bilan bogʻliq sugʻurta kompaniyalariga nisbatan qoʻllaniladi. Bu Shveytsariyaning Allseas kompaniyasining loyihada ishtirok etishdan bosh tortishga majburladi. Shundan soʻng AQSH gaz quvurini qurishda yordam berganlik uchun kompaniyalarga bir necha marta tahdid qildi.

Avgust boshida amerikalik senator Ted Kruz va uning ikki hamkasbi Germaniyaning Zasnits shahridagi Sassnitz GmbH bandargohiga nisbatan sanktsiya kiritish bilan tahdid qilgan edi. Maktubda bandargoh gaz quvurini yotqizishni davom ettirsa, “moliyaviy inqirozga” yuz tutishi mumkinligi yozilgan.

Asosiy mavzular