21:39 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
34210

"Rossiya 1" telekanalida 3 sentyabr kuni Beslan fojeasi haqida yangi hujjatli film namoyish etiladi. RIA Novosti premyera arafasida ushbu film rejisseri Aleksandr Rogatkin bilan suhbat qildi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. 2004 yilning 1 sentyabrida Shimoliy Osetiyaning Beslan shahrida terrorchilar guruhi 1-sonli maktabda 1100 nafar maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ularning ota-onalarini garovga olgan edi. 3 kun davomida olib borilgan muzokaralardan soʻng spetsnaz kuchlari maktab binosiga hujum qilgan, terrorchilar portlovchi moslamalarni portlatgan va oqibatda yuzlab fuqarolar qurbon boʻlgan.  

— Aleksandr, tomoshabinlar filmingizdan ushbu fojea haqida qanday yangi maʼlumotlarni bilib olishlari mumkin?

— Bu voqeadan 16 yil oʻtgan boʻlsa-da, haliyam u jamoatchilik orasida turli mish-mishlarga sabab boʻlmoqda. Bizning eng yangi tariximizda bundan dahshatliroq hodisa boʻlmagan. Shuning uchun bu albatta hali ham koʻp jurnalistlarning eʼtiborini tortadi.

Lekin soʻnggi vaqtlarda juda koʻp odamlar ushbu fojea orqali oʻziga diqqat-eʼtibor qaratishni istamoqda. Ular turli muqobil versiyalarni olgʻa surish, yangi afsona va uydirmalarni oʻylab chiqarishmoqda. Ushbu yolgʻonlarning aksariyati voqeani tergov qilgan komissiya aʼzosi, "Rodina" fraktsiyasi deputati Yuriy Savelyevning hisobotiga asoslangan. Savelyev komissiya hisobotiga imzo chekishni istamay oʻzining 7 tomdan iborat muqobil versiyasini chop etgan edi. Uning aytishicha, goʻyoki "terrorchilarda portlovchi moslamalar boʻlmagan va spetsnaz terrorchilarni oʻldirishga qaror qilgan va granatomyot va olov purkagichlardan foydalangan. Buning oqibatida garovga olinganlarning koʻpchiligi qurbon boʻlgan".  Aynan mana shu versiyani bizning liberal va muxolifat OAVlar hamda Gʻarb tomonidan shuncha yillardan beri tinimsiz chaynab kelinmoqda.

— Bu versiyani koʻp marotaba inkor etishgan edi-ku...

— Prokuratura buni tekshirdi. Hatto oʻsha qurollarni ishlab chiqargan "Bazalt" ilmiy ishlab chiqarish uyushmasi ham ularning granatomyotlari 2 gʻisht qalinligidagi devorni teshib oʻta olmasligini isbotlashdi. Buning uchun ular poligonda xuddi Beslandagi maktab devoridek devor qurib, unga spetsnaz oʻsha vaqtda foydalangan granatomyotdan, pulemyotlardan oʻq uzishdi. Lekin ushbu qurollar 2 gʻisht qalinligidagi devorni teshib oʻta olmadi.

Keyin ular ushbu devor yonida stul ustiga oʻrnatilgan qoʻlbola portlovchi moslamani portlatishdi. Devorda hujum vaqti paydo boʻlganidek teshik hosil boʻldi.

Shunga qaramasdan "Novaya gazeta", "Exo Moskvы" va "Radio Svoboda" Savelyev hisobotiga asoslangan koʻplab jurnalist tekshiruvlarini chop etishmoqda. Ular yildan-yilga hech narsaga asoslanmagan ushbu afsonani takrorlab kelishmoqda.

Biz ushbu filmda koʻplab ana shunday afsonalarni esga oldik va ularni dalil va isbotlar bilan rad etdik. Xudoga shukrki, voqeaning tirik guvohlari, fotosuratlar, oʻsha yerda ishlagan koʻplab mutaxassislar bor.

— Filmni suratga olishda biror muammoga duch keldingizmi?

— Yoʻq, hech qanday qiyinchilik boʻlmadi. Guvohlar koʻp. Oʻsha yerda garovga olinganlar orasida ham. Ayrimlari eslashni xohlamaydi, lekin boshqalar voqea tafsilotlarini aytib berishga tayyor. Lekin filmga barchaning munosabati yaxshi. "Beslan onalari" qoʻmitasi ham bizga yordam berdi. Ayrim masalalarda ular professor Savelyev nuqtai-nazarini qoʻllab-quvvatlashsa-da, ammo aksariyat savollarimizga javob berishdi.

— Ushbu mavzuda kitob yozishni istaysizmi?

— Bilmadim. Hozircha bu haqda oʻylaganim yoʻq.

  • Traurnыe meropriyatiya v Beslane
    © Sputnik / Denis Abramov
  • Traurnыe meropriyatiya v Beslane
    © Sputnik / Denis Abramov
  • Traurnыe meropriyatiya v Beslane
    © Sputnik / Denis Abramov
  • Traurnыe meropriyatiya v Beslane
    © Sputnik / Denis Abramov
1 / 4
© Sputnik / Denis Abramov
Traurnыe meropriyatiya v Beslane

Asosiy mavzular