21:17 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
52020

Taʼkidlanishicha, vaktsina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan oʻtgan va yaqin kunlarda Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, yaqin kunlarda u Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.

Taʼkidlanishicha, vaktsina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan oʻtgan.

Avgust oyida Rossiyada dunyoda birinchi boʻlib Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan COVID-19 ga qarshi vaktsina roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.

Vaktsinani sinash jarayonida ishtirokchilarning yuz foizida immun javobi hosil boʻldi va ularda nojoʻya asoratlarni keltirib chiqmadi.

Shu bilan birga, emlangan koʻngillilardagi antitanachalar darajasi kasallanganlarga qaraganda 1,4-1,5 barobar koʻp boʻlgan.

Teglar:
Rossiya, koronavirus, vaktsina

Asosiy mavzular