14:55 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
470 0 0

Xitoy kompaniyasi ishlab chiqqan oʻzi qorayuuvchi oyna, bugungi kundagi mavjud analoglariga qaraganda juda koʻp ustuvorliklarga ega.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Xitoyning BOE korporatsiyasi yangi intellektual oyna ishlab chiqdi. Smart Dimming deb nomalanadigan ushbu oynaning qoraligini bir necha soniya ichida oʻzgartirish mumkin. 

BOE kompaniyasi taʼkidlashiga koʻra Smart Dimming oyna boshqa texnologiyalarga qaraganda quyidagi ustuvorliklarga ega: 

  1. Cheksiz qoraytirish imkoniga ega: nur oʻtkazish darajasi 1%dan kam boʻlishi mumkin 
  2. Energiya tejamkor: kuchlanish <12 V, quvvati - 2 Vt/m2
  3. Yuqori shaffoflik: koʻkimtir rangi yoʻq va har qanday burchak ostida oʻzgarmaydi 
  4. Qoraytirish darajasini boshqarish qulay: avtomatik/qoʻlda/dastur orqali
  5. Turli shakl va hajmda boʻlishi mumkin
  6. Tashqi qoʻrinishi qora yoki kulrang boʻlishi mumkin
  7. Tovush va haroratdan yaxshi izolyatsiya qiladi

Ushbu xususiyatlari tufayli ushbu "Aqlli" oyna nafaqat avtomobillar yon yoki tepa oynasi sifatida, balkim binolarda, anjumanlar zalida xonalarni ajratish, ofislarda va boshqa joylarda ham foydalanish mumkin. 

Albatta bugungi kunda ham qoraytiriladigan oynalar ishlab chiqarilmoqda va eng qimmat avtomobillarga oʻrnatilmoqda. Hozir ular quyidagi texnologiyalar asosida yasaladi: PDLC (polimer dispersion suyuq kristall), EC (elektroxrom) va SPD (muallaq zarrachalar). Ushbu texnologiyalarning har biri oʻziga yarasha yetishmovchilik va noqulayliklari boʻlgani tufayli keng tarqalmagan. 

BOE tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya oyna ichiga kiritilgan maxsus boʻyoq molekulalarining aylanishini nazorat qila oladi va ularni uzoq vaqt davomida bir xil holatda ushlab tura oladi va buning uchun nisbatan kam energiya sarflaydi. 

Asosiy mavzular