20:50 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
239210

Na kadrax vidno, chto odna zmeya vtsepilas v zadnyuyu chast soma, zaglotivshego golovu drugoy reptilii. Vse eto deystviye proisxodit v vozduxe.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Hindistonlik tabiatshunos Ganshyam Prasad Bxanvare ikki ilon va bir laqqa baliq ishtirokidagi gʻaroyib olishuvni kameraga muhrlashga muvaffaq boʻldi, deb yozadi The Daily Mail.

Kadrlarda aks etishiga qaraganda, suvda boʻlgan ilon boshqa bir ilonning boshini yutayotgan laqqa baliqning dumiga chang solgan.

Voqea guvohining soʻzlariga koʻra, jang harsang tosh ustidagi ilonning laqqa baliqqa hujum qilishidan boshlangan. Ammo, baliq unga chap bergan va sudraluvchining boshini yutishga muvaffaq boʻlgan. Qurbon baliqni suvdan tepalikka sudrab olib chiqishni boshlagan mahalda, suvdan ikkinchi ilon sakrab chiqqan va ehtimoliy oʻljaning dumiga tishlari bilan yopishib olgan.

Sudraluvchilar va baliq shu alfozda yarim soatcha turgan. Soʻngra, pastdagi ilon jagʻini ochib yuborgan va suvga tushgan, uning ketidan ikkinchisi ham "taslim boʻlgan". Natijada laqqa baliq bus-butunligicha, eson-omon oʻz manzili tomon suzib ketgan.

Videoda muhrlangan ilonlar - baliqlar va qurbaqalar bilan oziqlanuvchi zaharsiz suvilonlar ekanligi aytilmoqda.

Asosiy mavzular