07:21 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
279 0 0

Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 14 sentyabr kuni Sochida boʻlib oʻtadigan uchrashuvda ikki tomonlama munosabat va strategik sheriklikni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya va Belorussiya prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 14 sentyabr kuni Sochida boʻlib oʻtadigan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va strategik sheriklikni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

"Savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek, Ittifoq davlat doirasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilgan", - deyilgan xabarda.

Rossiya-Belorussiya munosabatlari ittifoqchilik hamkorlik xususiyatiga ega: tomonlar 1999 yil 8 dekabrda Ittifoq davlatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Belorusiya Rossiyaning strategik ittifoqchisidir. Bu Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosiy kontseptsiyasida mustahkamlangan boʻlib, unda Minsk bilan strategik hamkorlikni kengaytirish yoʻnalishi mintaqaviy ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida tasdiqlangan.

Oliy va yuqori martabali rahbarlar ikki tomonlama muloqotlarning yuqori dinamikasi Rossiya uchun Belorussiya ustuvor yoʻnalish ekanligini dalolat bermoqda. Xususan, 2019 yilda Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko oʻrtasida 11 marta, hukumat rahbarlari esa 12 marta uchrashuv va muloqot oʻtkazdilar.

Asosiy mavzular