12:31 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
230 0 0

Bir necha kun komada boʻlgan Navalniy oʻziga kelganidan oila aʼzolari davrasida olingan birinchi fotosurati paydo boʻldi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy komadan oʻziga kelganidan soʻng olingan birinchi surati paydo boʻldi. 

"Kecha kun boʻyi oʻzim nafas oldim" deb, yozib qoldirgan Navalniy oʻz yaqinlari bilan tushgan surat ostiga. 

Eslatib oʻtamiz, 20 avgust kuni Aleksey Navalniy Omsk shahrida ogʻir zaharlanishda gumon qilinib kasalxonaga yotqizilgan edi. Oʻshanda shifokorlar uning organizmida moddalar almashinuvi buzilishi va shakar miqdori keskin oshishini qayd etishgan edi. 

Shundan soʻng Navalniy Germaniyadagi Sharite xususiy klinikasiga maxsus samolyot bilan olib ketildi. Shundan soʻng Germaniya rasmiy manbaalari Navalniy "Novichok" jangovar zaharlovchi moddasining yangi turi bilan "zaharlangan" deb bayonot berishdi. Shundan soʻng OZXOning Shvetsiya va Frantsiyadagi laboratoriyalari Germaniya tashhisini tasdiqlashdi. 

Moskva bunga javoban tashhislar natijalarini, zaharli modda borligini tasdiqlashni soʻrab qilgan murojaatlari Germaniya tomonidan haligacha javobsiz qolmoqda. 

Asosiy mavzular