23:01 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
140441

AQShda Leninning moʻmiyolangan jasadidan art-obʼyekt sifatida foydalanishmoqchi boʻlishdi. Buning uchun ular Rossiyaga moʻmay pul taklif qilishdi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Vladimir Leninning moʻmiyolangan jasadini sotib olish uchun AQShda 50 million dollar jamlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, amerikalik rassom Devid Datunaga asosan. 

Biroz oldin Datuna Vashingtonda Lenin mavzoleyi nusxasini qurishni va u yerga Lenin jasadini olib kelishni taklif qilgan edi. Ushbu taklif Amerika va Rossiya fuqarolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Dastlab rassom dastlab jasadni sotib olish uchun oʻz hisobidan 1 million dollar taklif qilgan, lekin bir sutka ichida ushbu taklifni amalga oshirish tarafdori boʻlgan turli fuqarolardan koʻplab takliflar kelib tushgan. Tashabbuskorlar "Loyiha"ni amalga oshirish uchun 50 milliondan ortiq mablagʻ jamlashga tayyorligini bildirishgan. 

Ushbu taklif Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov tomonidan keskin kutib olindi. Siyosatchi amerikaliklar taklifiga "Faqat sotqinlargina oʻz vatanini, tarixini va daholarini sotadi" deb javob berdi. 

Bunga amerikaliklar "Axir Lenin nafaqat Rossiyadagi balkim butun dunyo proletariatining otasi boʻlgan. Agar butunlay berishni istamasangiz, balkim vaqtincha berib turarsizlar", - deb javob qaytarishdi. 

Aytish joizki, amerikalik sanʼat ishqibozlarining ushbu taklifi asosida - sof tijoriy manfaatlar yotibdi. Rassom aytishiga qaraganda, hozir AQShda koʻplab sotsial-kommunistik oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda va mavzoley ana shunday oʻzgarishlar timsoliga aylanishi mumkin. Bunday art-obʼyektlarga saylovlar oldidan talab juda katta boʻladi.

Asli kelib chiqishi gruziyalik boʻlgan rassom Devid Datuna oʻzining siyosiy portretlar va bayroqlar aks etgan suratlari va installyatsiyalari bilan tanilgan. 

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya Arxitektorlar ittifoqi Lenin tanasi mavzoleydan olib ketilganidan soʻng ushbu binodan qanday foydalanish mumkin, degan mavzuda tanlov eʼlon qilgan edi. Lekin Rossiyada ushbu taklif koʻpchillik tomonidan tanqid ostiga olindi va ayni damda Ittifoq oʻz tanlovini bekor qilgan. 

Asosiy mavzular