12:18 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
87320

Avstraliya parkida uchta oʻrdak ilonni koʻldan haydab yubordi. Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Avstraliyaning Pert shahri yaqinida joylashgan koʻngilochar parkda uchta oʻrdak yoʻlbars ilonni koʻldan quvib yuborishdi, deb xabar qildi Daily Mail.

Yovvoyi tabiat suratchisi Tim Kemp koʻlda zaharli ilon uchta oʻrdak yoniga yaqinlashayotgani koʻradi. U qushlarga hujum qilmoqda, deb uyladi. Ammo ular birlashib, ilonni oʻz hududidan qirgʻoq tomon haydab yuborishdi.

"Men avval hech qachon shunga oʻxshash holatni koʻrmaganman. Oʻrdaklar hech narsa xavf solmayotgani bilgan, deb oʻylayman. Ularning u yerda uyalari yoʻq edi. Bundan tashqari, bu qushlar ilon uchun juda katta oʻlja. Nazarimda, ularning kuchi qurbaqa, baliq va kichikroq qushlarga yetadi", - dedi Tim.

Yoʻlbars ilonlarning uzunligi ikki metrgacha boʻlishi mumkin. Ularning zahri bir zumda mayda hayvonlarni oʻldirishi mumkin.

Asosiy mavzular