09:14 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
162 0 0

Slovakiya TIV rahbari Ivan Korchok oʻzining Twitterida yozishicha, Lukashenko mamlakatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Slovakiya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida birinchi boʻlib Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning qonuniy prezidentligini tan olmasligi haqida bayonot eʼlon qildi.

Slovakiya TIV rahbari Ivan Korchok oʻzining Twitterida yozishicha, Lukashenko mamlakatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas.

"Bugun (Belarus prezidenti sifatida) inauguratsiyasi boʻlib oʻtgan Aleksandr Lukashenko, davlatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas. U Belarusda boʻlib oʻtgan na erkin, na adolatli oʻtgan prezident saylovlari uchun javobgardir. Slovakiya Belarus fuqarolarini qoʻllab-quvvatlaydi", - deb yozgan Korchok.

Sal oldin Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishgani haqida xabar bergan edik. Belarus prezidenti oʻzining inauguratsiyasida belarus xalqi u mamlakatning birinchi prezidenti boʻlganidan hech qachon pushaymon boʻlmasliklari uchun zarur boʻlgan barcha ishni amalga oshirishga vaʼda bergan.

Belarusda ommaviy norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko gʻolib chiqqanidan soʻng boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali oʻqlar qoʻllanildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qoʻlga olingan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aktsiyalar ham ish ham dam olish kunlari oʻtkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qoʻllab-quvvatlab tadbirlar oʻtkazib kelmoqdalar.

Asosiy mavzular