12:52 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
75713

Rossiya prezidenti matbuot kotibining soʻzlariga koʻra, Togʻli Qorabogʻdagi mojaro Rossiya va boshqa mamlakatlarning jiddiy xavotirlanishiga sabab boʻladi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Togʻli Qorabogʻdagi mojaro Rossiya va boshqa mamlakatlarning jiddiy xavotirlanishiga sabab boʻladi.  Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

“<...> Hozir kim haq, kim aybdor ekanini aniqlashda emas, balki birinchi navbatda aynan harbiy harakatlarni toʻxtatish juda muhim. Rossiya hamisha teng taroziga solingan pozitsiyani egallab kelgan. Aynan bu pozitsiya Rossiyaga bu mojaroni tartibga solish uchun oʻzining taʼsiridan va va har ikki mamlakatlar, ham Armaniston, ham Ozarbayjon bilan anʼanaviy yaxshi munosabatlaridan foydalanish imkonini beradi”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Togʻli Qorabogʻdagi keskinlik

Togʻli Qorabogʻdagi tutashuv chizigʻidagi vaziyat yakshanba, 27 sentyabr kuni ertalab keskinlashdi. Tan olinmagan respublika Ozarbayjon harbiylari uning hududini, jumladan, poytaxt Stepanakertni oʻqqa tutganini maʼlum qildi. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni oʻt ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini taʼkidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabogʻ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini maʼlum qilmoqda.

Armaniston hukumati Togʻli Qorabogʻdagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.

Ozarbayjon ham Togʻli Qorabogʻda vaziyat keskinlashgani tufayli qator shaharlar va hududlarda harbiy holat joriy etishga qaror qildi.

Dunyo hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka va muzokaralarga chorlamoqda. Jumladan, Rossiya va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirliklari Boku va Yerevanni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga va muzokaralar oʻtkazishga chaqirdi.

Asosiy mavzular