11:21 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
18810

Google tez ishlaydigan, yaxshi himoyalangan va eng yaxshi kameralardan biriga ega boʻlgan yangi smartfon taqdim edi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Google kompaniyasi 30 sentyabr kuni oʻzining yangi avlod smartfonlarini taqdim etdi. Pandemiya sharoitida taqdimot marosimi, albatta Youtube orqali boʻlib oʻtdi.

Pixel 5 – yangi, tez va arzon, deb taʼriflamoqda oʻz smartfonlarini axborot giganti.

Yangi. Pixel 5 – oldingi avlod smartfonalariga qaraganda jiddiy oʻzgargan. Ekran atrofidagi ramkalar endi yoʻq, 8-megapikselli old kamera matritsa ostiga joylashtirilgan. Matritsa esa OLED texnologiya asosida ishlangan boʻlib 6 dyum diagonalga va 2340 x 1080 nuqtaga ega.

Google
Google Pixel 5

Tez. Pixel 5 – 5 avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlashi mumkin,  demak internet aloqasi juda tez boʻladi. Smartfon Snapdragon 765G protsessori asosida qurilgan. Operativ xotira - 8 Gb,  ichki xotira - 128 Gb. Akkumulyatori 4080 mA/soat boʻlib, smartfon nafaqat oʻzi balkim boshqa moslamalarni ham simsiz quvvatlash imkoniga ega. Masalan naushniklarni.  

Kamera - yangi smartfonda ikkita sensorli kamera oʻrnatilgan: asosiy 12,2-Mp, f/1.7 optik stabilizatsiyaga ega boʻlgan va keng burchakli 16-Mp kamera. Bu safar Google telezum kameradan voz kechgan.

Yangi smartfon bilan birga Google Pixel 4a – modeli ham taqdim etildi. Ushbu smartfon flagmanga qaraganda kattaroq ekran 6,2 dyum, kichikroq batareya 3800mA/s, 6 Gb operativ xotira bilan jihozlangan. Shuningdek unda simsiz quvvatlash imkoni va IP68 suvdan himoya qilish xususiyati - yoʻq.  

Arzon. Narxlar boshqa kompaniyalar flagman smartfonlarga nisbatan arzon: Pixel 5 – 700 dollar,  Pixel 4a – 500 dollar. Ayni damda smartfonlar 15 ta davlatga sotuvga chiqarilgan. MDH mamalkatlari haqida aniq maʼlumot yoʻq. 

Google
Google Pixel 5

Eslatib oʻtamiz, Google Pixel smartfonlarining oldingi modellari oʻzining texnik sozligi va juda yaxshi kamerasi bilan ajralib turardi. Bekorga smartfon nomida piksel soʻzi ishlatilmagan. Lekin Google oʻz smartfonlarini juda yuqori – 1000 dollar atrofida baholar edi. Balkim shu yoki boshqa sabablarga koʻra Google Pixel – juda kam sotilgan. Yiliga 1-3 million dona. Masalan Apple va Samsung yiliga – 300 milliondan smartfon sotishadi.

Asosiy mavzular