19:06 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
97210

Yosh ayol toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida oʻz kuzatuvchilari uchun anʼanaviy tibet qoʻshigʻini ijro etayotgan vaqtida, uning xonasiga sobiq eri bostirib kirgan. Jabrdiyda tanasining 90% kuyishi bilan kasalxonaga yetkazilgan, u tirik qolmagan.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Lamu taxallusli xitoylik bloger ayol, sobiq eri tomonidan ustidan benzin quyib, yoqib yuborilishi oqibatida halok boʻldi. Beijing Youth Daily yangiliklar portali xabariga koʻra, dahshatli hodisa 14 sentyabr kuni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda yuz bergan.

Lamu onlay-efir tashkil qilib, oʻz kuzatuvchilari uchun anʼanaviy tibet qoʻshigʻini ijro etayotgan boʻlgan. Sobiq eri xonaga bostirib kirganida, translyatsiya davom etavergan. Bloger kuzatuvchilari ekran qorayib, ayolning chinqiriq ovozlari eshitilishi guvohi boʻlganlar.

Shundan soʻng Lamu Sыchuan shahridagi kasalxonaga olib borilgan. Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, ayol jiddiy kuyish jarohatlarini olgan: uning terisining 90 foizi kuyib ketgan. Ayol hayoti uchun doktorlar ikki hafta davomida kurashishgan, ammo 30 sentyabr kuni bloger olamdan oʻtgan.

Lamu TikTokning xitoycha versiyasida mashhur edi. 30 yashar ayolning profiliga 800 mingga yaqin internet foydalanuvchilari aʼzo boʻlishgan.

Ayrim xitoy matbuotlarining xabariga koʻra, sobiq er Lamudan ayol ajrim tashabbuskori boʻlgani uchun xuddi shu tariqa oʻch olgan. Birgalikdagi hayotlari davomida ayol eri tomonidan doim oilaviy zoʻravonlikdan aziyat chekkan. Ayolning ikki yosh bolasi boʻlgan.

Qarindoshlari erkak ustidan sudga ariza berishgan, u qamalishi mumkin.

Asosiy mavzular