21:59 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
326 0 0

COVID-19 bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan harbiy kasalxona yonidagi yoʻl shubhali sumka tufayli maʼlum muddatga yopib qoʻyildi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Merilend shtati politsiyasi koronavirus bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxona yonidagi yoʻlni shubhali sumka tufayli yopib qoʻydi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.

Bu holat tibbiyot markazi oldida Trampni qoʻllab-quvvatlash uchun toʻplangan shaxslarning namoyishini toʻxtatib qoʻygan. Tramp tarafdorlaridan yoʻldan chetga oʻtish soʻralgan.

​Shundan soʻng hodisa joyiga bombani zararsizlantiruvchi guruh yetib kelgan. Ular topilmani tekshirib, xavfsizligiga ishonch hosil qilishgandan soʻng Tramp tarafdorlariga oʻz namoyishlarini davom ettirishga ruxsat berishgan.

Mirziyoyev koronavirusga chalingan Donald Trampga shifo tiladi

2 oktyabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olganini maʼlum qildi. Oʻsha kunning oʻzida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.

Asosiy mavzular