00:15 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
216 0 0

Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may oʻrtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Umumiy bemorlar soni 1 215 001 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may oʻrtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi maʼlum qildi.

Oʻtgan kun davomida Rossiyada 10 499 ta koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 107 kishi vafot etgan. 3284 kishiga esa kasalxonadan javob berilgan.

Yangi kasallanish holatlari Rossiyaning barcha mintaqalarida qayd etilgan. Eng koʻp Moskvada 3327 ta aniqlangan. Sankt-Peterburg (392) va Moskva viloyati (296) keyingi oʻrinlarda.

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 1 215 001 nafarga yetdi. Shulardan 979 143 nafari tuzalib ketdi. 21 258 kishi virus qurboniga aylandi.

Moskvada Moskvada ish beruvchilarga xodimlarining 50 foizini majburiy tartibda masofaviy ishlashga oʻtkazish belgilangan. Bundan tashqari, Moskvada maktab oʻquvchilari 5 oktyabrdan 18 oktyabrga qadar ikki haftalik kuzgi taʼtilga chiqadi. Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan kasallanish koʻpaygani sabab shunday qaror qabul qilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
Teglar:
vaktsina, koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular