00:42 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
159 0 0

Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular orasida “Ata-Meken”, “Bir Bol”, “Birimdik” kabi partiyalar bor.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Qirgʻizistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda. 2 475 ta uchastkalarda ovoz berish mumkin, ulardan 45 tasi xorijda.

Ular soat 20:00 ga qadar ochiq boʻladi.

Ovoz berish sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy ravishda rioya qilingan holda boʻlib oʻtmoqda. Uchastkaga kirishda saylovchilarning harorati oʻlchanmoqda, himoya niqoblari tarqatilmoqda, ijtimoiy masofaga rioya qilish nazorat qilinmoqda.

  • Parlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane
    Sputnik
  • Parlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane
    Sputnik
  • Parlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane
    Sputnik
  • Izbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.
    Sputnik
1 / 4
Sputnik
Parlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane

Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular orasida “Ata-Meken”, “Bir Bol”, “Birimdik” kabi partiyalar bor.

Qirgʻiziston parlamenti 120 nafar deputatdan tashkil topgan. Ular har 5 yilda saylanadilar. Mamlakat konstitutsiyasiga koʻra, saylovlarda gʻalaba qozongan partiya eng koʻpi bilan 65 ta deputatlik oʻrniga umid qilishi mumkin. Oʻrinlarning taqsimlanishida saylovlarda eng kamida 7 foiz ovoz va respublikaning 7 ta viloyati hamda Bishkek va Oʻsh shaharlarida 0,7 foizdan kam boʻlmagan ovoz toʻplagan partiyalar ishtirok etishi mumkin. 

Saylovlar jarayonini 43 ta davlatdan 277 nafar kuzatuvchi kuzatmoqda. Ularning aksariyati MDH mamlakatlari vakillari hamda KXSHT kuzatuvchilaridir.

Asosiy mavzular