13:29 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
113 0 0

Venesuela prezidentining soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasining klinik sinovlarida uning oʻgʻli va opasi ishtirok etadi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ommaviy emlanish vaqtida koronavirusga qarshi emlanishini maʼlum qildi.

Maduroning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasining klinik sinovlarida uning oʻgʻli va opasi ishtirok etadi.

“Oʻgʻlim Nikolas Maduro Guerra menga Rossiya vaktsinasi bilan emlanish, sinovlarida ishtirok etishga qaror qilganini maʼlum qildi”,  -dedi u Twitter᾽da efirga uzatilgan chiqishi paytida.

U opasi Mariya Teresa Maduro ham Rossiya vaktsinasi sinovlarida ishtirok etishi va emlanishini qoʻshimcha qildi.

“Ommaviy emlanish boshlanishi bilan birinchi boʻlib emlanaman”, - dedi Maduro.

2 oktyabr kuni Rossiya Venesuelaga “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu Rossiya vaktsinasining uni Rossiyada roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin klinik sinovlarini oʻtkazadigan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat boʻldi. Uning sinovlarida ikki ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Veneueliklarni emlash yaqin kunlarda boshlanadi. Mamlakatning ijro etuvchi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Venesuela “Sputnik V”ni oʻz hududida ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Teglar:
Sputnik V, vaktsina, Nikolas Maduro, Venesuela

Asosiy mavzular