13:29 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
177510

Amerikalik olimlar koronavirusning kutilmagan xususiyatini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari ommaga eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Amerikalik olimlar koronavirusning kutilmagan xususiyatini aniqlashdi. Ularning maʼlumotlariga koʻra, SARS-CoV-2 ogʻriqni susaytirishi mumkin. Pain jurnali tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, koronavirusning ACE2 retseptorlari va boshqa moddalar bilan inson hujayralariga kirib borishini taʼminlaydigan S-oqsilining birikmasi tufayli anesteziya taʼsiri yuzaga keladi.

Ogʻriq sezgilarining signal berishining buzilishi neyropilin-1 va VEGF-A - qon tomirlari endoteliyasining oʻsish omili boʻlgan boshqa protein ishtirokida sodir boʻladi.

Tadqiqotchilar neyropilin-1 xususiyatlarini batafsil oʻrganishni rejalashtirmoqda, chunki uning xususiyatlari anesteziologlar uchun foydali boʻlishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular