08:34 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
81720

Rossiyada ishlab chiqarilgan vaktsinaning narxi mamlakat ichida eng arzon boʻladi. Xorijiy davlatlarda uning narxi referes stavka asosida belgilanadi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Vaktsinaning bitta dozasining narxi 1000 rubldan oshmaydi, deb eʼlon qildi Federal monopoliyaga qarshi qoʻmita raisi Igor Artemyev.

“Biz vaktsina arzon boʻlmasligini tushunamiz, chunki hozircha ishlab chiqarish hajmi kichik, oʻrtacha ming rubl atrofida”, - dedi Artemyev.

Monopoliyaga qarshi qoʻmitas rahbarining soʻzlariga koʻra vaktsina narxini belgilashda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan vaktsinalar narxlari bilan muvofiqlashtiriladi, lekin Rossiyada uning narxi 1000 rubldan ortiq boʻlmaydi.

Eslatib oʻtamiz, koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan dunyoda birinchi vaktsina Rossiyada 11 avgust kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Gamaleya nomidagi Markaz tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsina “Sputnik V” 2021 yilning 1 yanvaridan savdoga chiqrilishi kutilmoqda.

Undan tashqari Rossiyada hozir “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar markazi tomonidan ham ishlab chiqarilayotgan vaktsinaning 2 bosqich sinovlari yakuniga yetay deb qolgan. Uni ishlab chiqarish noyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular