12:16 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
40001

Qirgʻiziston prezidenti aytishiga qaraganada hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qoʻyishga arzimaydi. 

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan soʻng isteʼfoga chiqishga tayyor ekanini bildirdi

"Bugun vaziyatni imkon qadar tezroq huquqiy asosga qaytarish kerak. Hukumat organlariga yangi qonuniy rahbarlar tayinlanganidan va mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan soʻng men isteʼfoga chiqishga tayyorman", - dedi Jeeyenbekov. 

Prezident aytishiga qaraganada hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qoʻyishga arzimaydi.  Qirgʻiziston prezidenti mamlakatda vaziyat qaynoq nuqtasiga yetganini va uni hal qilish uchun quyidagilarni taklif qildi:

  • yangi parlament saylovlarini tashkil qilish 
  • sobiq bosh vazir va hukumat aʼzolarini isteʼfoga chiqarish
  • parlament aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash

"Men buning uchun barcha kerakli hujjatlarni imzolashga roziman. Jogorku Kenesh qarorlarini kutayapman", - dedi Jeenbekov. 

Maʼlumot uchun kecha, 8 oktyabr kuni Qirgʻiziston parlamentida prezident Jeyenbekov impichmenti jarayoni boshlangan edi. Deputatlarning bir qismi buning uchun imzo toʻplashni boshlagan edi. 

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda navbatdagi parlament saylovlaridan soʻng vaziyat keskinlashgan edi. Saylovlarda hukumat tomonidan boʻlgan partiyalar oʻz maʼmuriy resurslaridan keng foydalangani va boshqa partiyalarning parlamentga kirishiga toʻsqinlik qilgani maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng muxolifat partiyalari norozilik namoyishlari oʻtkazish uchun koʻchalarga chiqishgan. Dushanba kuni kechqurun ular parlament binosini va prezident maʼmuriyatini egallab olishgan. Shundan soʻng namoyishchilar Davlat xavfsizlik qoʻmitasidan sobiq prezident Atambayev va yana bir necha kishini ozod qilishgan. Qirgʻiziston MSQ boʻlib oʻtgan saylovlar natijalarini bekor qilgan. 

 

 

Asosiy mavzular