18:47 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
255 0 0

"Vektor" vaktsinasi yoshi kattalar va allergiyasi bor kishilarga koʻproq mos keladi, chunki uning tarkibida tirk virus yoki uning fragmentlari yoʻq.

TOSHKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya virusologiya va biotexnologiyalar markazi "Vektor" tomonidan ishlab chiqilgan vaktsina yoshi kattalar va surunkali kasalligi boʻlgan kishilarga koʻproq mos keladi, dedi "Rospotrebnadzor" markazi direktori Anna Popova "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida

"Bizning xulosamizga koʻra, GNTS "Vektor" tomonidan ishlab chiqilgan vaktsina katta yoshli, surunkali kasalligi bor  odamlarga koʻproq mos keladi. Bu toʻliq sintetik vaktsina boʻlib, unda tirik oqsil yoki hech qanday virus fragmentlari yoʻq", - dedi Popova.    

Popova aytishiga qaraganda, vaktsinada sunʼiy yoʻl bilan olingan oqsil-tashuvchiga gen muhandisligi uslubi bilan yaratilgan uchta peptid ulangan. Ushbu birikma insonda koronavirusga qarshi immun javob uygʻotadi. Vaktsina mutlaq stabil va oʻzgarmas boʻlib, insonda hech qanday allergik reaktsiya qoʻzgʻamaydi. Bu vaktsina sinovning har bir bosqichida hayvonlarda va odamlarda tasdiqlangan. 

Popova aytishga koʻra, ushbu vaktsina sinovida uning oʻzi ham koʻnggilli sifatida ishtirok etgan. Pollinoz allergiyasi boʻlishiga qaramasdan - hech qandaya reaktsiya sezmagan. 

Eslatib oʻtamiz, "Vektor" markazi tomonidan yaratilgan vaktsina "EpiVakKorona" deb ataladi. Vaktsina faqat sintetik oqsillardan iborat boʻlib, unda susaytirilgan viruslar yoki ularning genetik materiallari yoʻq. 

Asosiy mavzular