12:38 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
27610

Rossiya TIV rahbari Rossiya Qorabogʻ boʻyicha kelishuvlar har ikki taraf tomonidan soʻzsiz bajarilishiga umid qilayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Qorabogʻ boʻyicha kelishuvlar har ikki taraf tomonidan soʻzsiz bajarilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Qabul qilingan qarorlar har ikki taraf tomonidan soʻzsiz bajarilishiga umid qilamiz”, - dedi Lavrov Moskvada Armaniston TIV rahbari Zograb Mnatsakanyan bilan muzokaralardan soʻng.

Shuningdek, Lavrov Qorabogʻdagi vaziyatni tartibga solishga oid siyosiy muzokaralar tiklanishining choʻzilishi notoʻgʻri ekanini maʼlum qildi

“Biz bundan keyin (uch tomonlama maslahatlashuvlardan soʻng) qanday oldinga siljish borasida fikr almashdik. Bu barcha masalalar tez va bir vaqtning oʻzida hal boʻlishini anglatmaydi. Jarayon lozimligini tushunamiz, lekin siyosiy muzokaralar tiklanishining choʻzilishini notoʻgʻri deb hisoblaymiz”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Togʻli Qorabogʻdagi toʻqnashuvlar 27 sentyabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda ayblamoqda. Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Ozarbayjon esa qisman harbiy holat va safarbarlik joriy etdi.

9 oktyabr kuni Moskvaga Rossiya prezidenti taklifiga binoan Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari keldi. Ular rossiyalik hamkasbi bilan 10 soatdan ziyod muzokaralar oʻtkazishdi. Natijada Yerevan va Boku 10 oktyabr soat 12:00 dan boshlab Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatishga, asirlar va halok boʻlgan tanalari bilan oʻzaro almashishga kelishib oldi. Ammo 10 oktyabr kuni tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda aybladi.

Asosiy mavzular