13:54 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
48210

Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti koronavirus ustidan gʻalaba qozonishga nima yordam berishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Turli vaktsinalarni qoʻllash koronavirus pandemiyasini toʻxtatishga yordam beradi deb hisoblaydi Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti Aleksandr Sergeyev.

“Vaktsinalar qanchalik koʻp boʻlsa, tibbiyot xodimlari uni u yoki bu holatda va manzilli zaruriy qoʻllashni aniqlash olishadi. Balki, bu natijada pandemiyani toʻxtatadi”, - dedi Sergeyev. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

RFA rahbari turli toifadagi kishilar uchun maʼlum bir vaktsinani tanlab olish imkoniyati boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qilgan. Masalan, alohida surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilar hamda turli yoshdagi kishilar uchun.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. “Vektor” ilimy markati tomonidan yaratilayotgan ikkinchi vaktsina oktyabr oyida roʻyxatga olinishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
Teglar:
koronavirus, Sputnik V, vaktsina

Asosiy mavzular