TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangan 89 yoshli ayol vafot etdi.
Olimlarning soʻzlariga koʻra, ayol infektsiyani taxminan birinchi bor kasallanib tuzalib chiqqanda keyin ikki oy oʻtib yuqtirib olgan.
Qayta kasallangandan keyin bemorning ahvoli bir necha kun ichida juda yomonlashgan. Uni yana kasalxonaga yotqizishgan, ammo ikki haftadan soʻng bemor vafot etgan.
Bu dunyodagi koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk oʻlim holatidir.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 38 milliondan oshgan. 28,6 milliondan ziyod kishi tuzalib ketgan. Virus 1 million 80 mingdan ziyod kishining bevaqt oʻlimiga sababchi boʻlgan.