Hind qishlogʻida mahalliy aholi bir necha hafta davomida echkini ikki oyoqda yurishga oʻrgatishdi. Endi echkini koʻrish uchun qishloqqa koʻplab sayyohlar kelmoqda.
TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Hindistonning turli hududlaridan mamlakatning Telvar qishlogʻiga koʻplab sayyohlar kelmoqda. Sababi – u yerda eski ikki oyoqda yurishni “oʻrgandi”.
The Daily Mail nashri yozishicha, qishloqda istiqomat qiluvchi kishilar echkini shunday yurishga oʻrgatishdi. Ular bir necha hafta davomida hayvon bilan mashq qilishdi.
Echki haqida yangiliklar paydo boʻlgandan soʻng qishloq mashhur sayyohlik yoʻnalishiga aylandi. Boshida qoʻshni qishloqlardan, keyin esa butun Hindistondan sayyohlar kelishni boshladi.
Maʼlum qilinishicha, agarda shaxs boshqa davlat fuqaroligidan oʻz vaqtida voz kechmasa, undan Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida tilxat olinadi.
Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH Uxan virusologiya institutining bir necha nafar tadqiqotchilari 2019 yilning yozida - hali COVID-19 birinchi holati qayd etilgunga qadar kasallanishgan, deyish uchun barcha asoslarga ega.