18:23 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)
108 0 0

Klinik sinovlarda sogʻlom koʻngillilar tanlab olishi kerak, lekin oʻz xastaliklarini yashirganlar ham boʻladi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Koronavirusga qarshi emlanishdan oldin shifokorlarni oʻzida boʻlgan kasalliklar haqida ogohlantirish darkor.

COVID-19 ga qarshi emlanishdan oldin xastalikni hecham yashirmaslik lozim, chunki bu nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rospotrebnadzor epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Aleksandr Gorelov maʼlum qildi.

“Bu bosqichda (klinik sinovlar – tahr.) sogʻlom koʻngillilar tanlab olishi kerak, lekin oʻz xastaliklari, barcha hamroh kasalliklarini yashirganlar ham boʻladi. Odamlar emlanishdan oldin kasalliklarini yashirmasliklari lozim”, - dedi Gorelov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shu bilan birga, emlangandan keyin fuqarolarda harorat koʻtarilishi, lanjlik hissi va emlangan joyda qizarish va ogʻriq kuzatilishi mumkin. Biroq bular tezda oʻtib ketadi, deya eslatdi Gorelov.

Barcha ehtimoliy nojoʻya taʼsirlar preparatning annotatsiyasida keltirilgan.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasi ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilindi

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. “Vektor” ilimy markati tomonidan yaratilayotgan ikkinchi vaktsina oktyabr oyida roʻyxatga olinishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)
Teglar:
Sputnik V, vaktsina, koronavirus

Asosiy mavzular