22:14 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
509 0 0

Rossiya Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda. Haftasiga reyslar soni cheklangan boʻladi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda. Tegishli farmonga Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekkan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Haftasiga reyslar soni cheklangan boʻladi. Serbiyaga ikkita reys amalga oshiriladi – Moskvadan Belgradga. Rossiyadan Kubaga ham shuncha reys qoʻyiladi. Moskva – Kayo-Koko va Moskva – Santa-Klara yoʻnalishlari boʻyicha.

Yaponiya bilan aviaqatnov 1 noyabrdan qayta tiklanadi. Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Ikkitasi Moskvadan Tokioga, yana bittasi Vladivostokdan Tokioga.

Rossiya mart oyi oxiridan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni toʻxtatib qoʻygan edi.

1 avgustdan boshlab Rossiya hukumati chet elga parvozlarni qayta tiklashni boshladi. Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya, Shveytsariya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Maldiv bilan ikki tomonlama parvozlar tiklangan.

Asosiy mavzular