19:09 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
42310

Bir kishilik velomobil Canyon - akkumulyator yordamida 60 km/soatgacha tezlashishi va 150 km masofani bosib oʻtishi mumkin.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Germaniyada velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniya Canyon  kelajak transporti kontseptini taklif qildi.

Future Mobility Concept nomli velomobil tashqi tomondan avtomobilga oʻxshaydi. Uning 4 gʻildiragi va usti yopiq kuzovi bor. Kengligi 83 sm, uzunligi 2 metr boʻlgan bir kishilik elektrovelosiped boʻlib u akkumulyator yordamida 60km/soatgacha va peddallar yordamida  25 km/soatgacha tezlikda harakatlanishi mumkin.

Velomobil Canyon

Ishlab chiqaruvchi xulosasiga koʻra, bunday transport haydovchini har qanday yomon havodan himoya qiladi va shu bilan birga velosipedga nisbatan ancha koʻp yuk ortish mumkin. Asosiysi esa – u har qanday avtomobilga qarganda ekologik toza va kerak boʻlganda piyodalar yoʻlagidan ham harakatlanishi mumkin.

Velomobil Canyon

Haydovchining orqasiga 11 yoshgacha boʻlgan bola minishi yoki yuk ortish mumkin. Avtomobil yoʻllarida ushbu transport 60 km/soat tezlik bilan, piyodalar yoʻlagidan 25 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin. Toʻliq quvvatlanganidan soʻng Canyon 150 km masofani bosib oʻtishi mumkin.

Velomobil Canyon

Hozircha ushbu avtomobilning yagona nusxada qurilgan prototipi va Germaniyadagi namoyishlar zalida koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Maʼlumot uchun bu kelajak transporti sifatida taklif etilayotgan birinchi velomobil emas. Biroz oldin Kanadada ham shunga oʻxshash transport vositatsi taqdim etilgan edi.

Asosiy mavzular