18:10 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
83421

Hindistonning Panipat shahrida politsiya xodimlari eri tomonidan hojatxonada qamab qoʻyilgan ayol qutqarildi.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Hindistonning Panipat shahrida hojatxonada qamab qoʻyilgan ayol qutqarildi. Ayol u yerda bir yarim yil ushlab turgan ekan. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Bu holat haqida mahalliy kishilar ayollarni himoya qiluvchi tuman zobitiga qilgan murojaatidan soʻng maʼlum boʻldi.

Voqea joyiga kelgan politsiya uch farzandning onasi 0,8 kvadrat metrli hojatxonada qamab qoʻyilganini aniqladi. Maʼlum boʻlishicha, ayol u yerda 18 oy vaqt oʻtkazgan ekan.

Ayol shu qadar holsizlangan ediki, qoʻyib yuborilgandan keyin oʻzi mustaqil yurishga qiynaldi.

Erkak xotini ruhiy kasallikka chalinganligini aytdi, ammo buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmadi. Keyinchalik u hibsga olingan.

Jabrlanuvchi avval kasalxonaga joʻnatildi, soʻngra qarindoshining qaramogʻiga oʻtkazildi.

Asosiy mavzular