17:56 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)
423 0 0

Tsindao shahrida COVID-19 qaytadan avj olib ketishi sababini tekshirish chogʻida chetdan olib kelingan muzlatilgan treska baligʻi oʻrami ustida tirik koronavirus topilgan.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi dunyoda birinchi marta muzlatilgan dengiz mahsulotlari oʻramidan tirik COVID-19 ni aniqladi. Bu haqda markaz maʼlumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Mamlakat sharqidagi Tsindao shahrida COVID-19 qaytadan avj olib ketishi sababini tekshirish chogʻida mutaxassislar chetdan olib kelingan muzlatilgan treska baligʻi oʻrami ustida tirik koronavirusni topgan.

© Sputnik / Maksim Bogodvid

“Bu muzlatilgan dengiz mahsulotlari oʻramidan olingan musbat namunadan tirik virusning chiqarib olinishining dunyodagi birinchi holatidir. Bundan tashqari, bu oʻram ustidagi tirik virus bilan aloqa yuqtirishga olib kelishi mumkinligini tasdiqladi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, yangi koronavirus muayyan sharoitlarda uzoq vaqt davomida oʻramda saqlanishi mumkinligi laboratoriyadan tashqarida tasdiqlanganining isbotidir.

Muayyan sharoitlarda sathida virus boʻlgan mahsulotlarga himoya vositasiz teginish uni yuqtirib olishga olib kelishi mumkin. Ushbu xavf guruhiga muzlatilgan mahsulotlar bilan ishlaydigan kishilar kiradi.

Shu bilan birga bunday holatda virusni yuqtirib olish xavfi pastdir, chunki xitoylik mutaxassislar ilgari biror marta ham muzlatilgan mahsulotlar oʻramidan olingan musbat namunadan tirik virusni chiqarib olishga muvaffaq boʻlishmagan.

Markaz muzlatilgan mahsulotlar bilan ishlaydigan kishilarga mahsulotlar bilan ishlashda shaxsiy himoya vosita choralarga eʼtibor qaratishni maslahat berdi.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyning Tsindao shahrida toʻrt kun ichida qariyb 10 millionta koronavirus testi oʻtkazilgan edi. Chunki shaharda koronavirus yuqtirish bilan bogʻliq 12 ta yangi holat aniqlangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)

Asosiy mavzular