01:20 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
191 0 0

Indoneziya AQSH va Xitoy orasidagi raqobatga aralashishni mutlaq istamaydi, shu sababli AQSH razvedkachi samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortgan.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Indoneziya AQShning P-8 "Poseydon" harbiy razvedka samolyotlarni oʻz hududida qoʻnishi va yonilgʻi quyish haqidagi murojaatiga rad javobi berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Maʼlum boʻlishicha iyul va avgust oylarida AQSH “yuqori darjada” Indoneziya tashqi ishlar vaziriga ushbu masala borasida bir necha marotaba murojaat qilgan, lekin mamlakat prezidenti Joko Vidodo bunga rad javobini bergan.

Xabarda aytilishiga koʻra, AQSH va Xitoy orasida munosabatlar keskinlashgan vaziyatda ushbu taklif Indoneziya rahbariyatini “hayron qoldirgan”. Indoneziya  uzoq vaqtdan buyon tashqi siyosatda neytral pozitsiyada harakat qilmoqda va xorijiy harbiylarning oʻz hududida harakat qilishiga yoʻl qoʻymagan.

Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bayonotiga koʻra, Indoneziya ikki davlat orasidagi raqobatga aralashishni mutlaq istamaydi.

Asosiy mavzular