15:57 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
511 0 0

AQSH Favqulodda vaziyatlar boʻyicha agentligi bahorda Rossiyadan qabul qilingan 45 ta “Aventa-M” oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatini yoʻq qildi

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. AQSH Favqulodda vaziyatlar boʻyicha agentligi bahorda Rossiyadan qabul qilingan 45 ta “Aventa-M” oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatini yoʻq qildi, dedi Buzfeed.

Bu vaqt davomida ulardan umuman foydalanilmadi. Taʼkidlashicha, bunga ayrim sabablar boʻlgan: Rossiya va AQShlarining elektr tarmoqlaridagi kuchlanishdagi farq (qurilmalarni ulash uchun maxsus adapterlar kerak boʻlgan), Rossiya shifoxonalarida bunday qurilmalarning yonishi oqibatida chiqqan yongʻinlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan qoʻllanilgan sanktsiyalar.

IVL moslamalari zararli chiqindilarni yoʻq qilish boʻyicha barcha qoidalarga muvofiq va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalarga rioya qilgan holda utilizatsiya qilindi.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida An-124 “Ruslan” harbiy-transport samolyoti AQShga gumanitar yordam yetkazib bergandi. Samolyot bortida oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari, respiratorlar, koʻzoynaklar, maskalar va dezinfektsiyalovchi vositalar boʻlgan.

9 va 12 mayda “Aventa-M” IVLdan foydalanilgan Moskva va Sankt-Peterburgdagi kasalxonalarda yongʻin yuz berdi, buning oqibatida yetti bemor vafot etdi.

Hodisadan keyin Roszdravnadzor tergov davomida ulardan foydalanishni toʻxtatgandi.

Asosiy mavzular