15:29 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
57730

Rossiya qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSH harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini toʻxtatib qoldi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSH harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini toʻxtatib qoldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Harbiylar chegaraga yaqinlashayotgan ikkita havo nishonini qayd etishdi. Ularni aniqlash va davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Sharqiy harbiy okrugning havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli boʻlgan MiG-31 va Su-35 samolyotlari koʻtarildi.

“Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havodagi nishonlarni AQSH havo kuchlarining ikkita strategik bombardimonchi B-1V ekanligini aniqladilar va ularni Bering dengizi boʻylab kuzatib borishdi”- deyilgan xabarda.

Xorijiy samolyotlar ortga burilganda, Rossiya qiruvchilari aerodromga qaytdi.

Mudofaa vazirligi maʼlum qilishicha, Rossiya qiruvchilarining barcha parvozlari havo hududidan foydalanish boʻyicha xalqaro qoidalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirildi. Rossiya davlat chegarasini buzilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Asosiy mavzular