“Hamma balo o‘sha yoqdan kelmoqda” - Dog‘iston rahbari xorijiy nomlardan voz kechishga chaqirdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishOtkritie pamatnika geroyu Velikoy Otechestvennoy voyni Nikolayu Mamonovu v Kaliningrade
Otkritie pamatnika geroyu Velikoy Otechestvennoy voyni Nikolayu Mamonovu v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dog‘iston rahbari restoranlarning San Francisco, Los Angeles yoki Havana nomlarini “Derbent chiroqlari” yoki “Dog‘iston tongi” deb o‘zgartirishni taklif qildi.

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi Sergey Melikov reklamada hamda kafe va restoranlar nomlarida xorijiy so‘zlar ko‘p ishlatilayotganini tanqid qildi.

Shaharsozlik va hududiy rivojlanish mavzusiga bag‘ishlangan majlisda so‘zga chiqqan Respublika rahbari juda ko‘r ommaviy ovqatlanish nuqtalari nomlari xorijiy tilda ekaniga e’tibor qaratdi.

“Kafe bo‘lsa albatta San Francisco, Los Angeles yoki Havana. Nima bizda lotinchadan boshqa harflar  yo‘qmi? – Axir hamma yomonlik o‘sha yoqdan kelmoqda-ku? Biz bo‘lsak ularni targ‘ib qilayapmiz. Ko‘chada o‘zingni xuddi Chikago jin ko‘chalarida yurgandek his qilasan o‘zingni”, - dedi Melikov.

-Ushbu kafe va restoranlarni “Derbent chiroqlari”, yoki “Dog‘iston tongi” deb atash ham mumkin-ku, - deb taklif qildi Melikov.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV general-polkovnigi Sergey Melikovni Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi. Melikov bundan oldin Rosgvardiya qo‘mondoni sifatida terrorchilarga qarshi operatsiyalarda ishtirok etgan, shuningdek Shimoliy Kavkaz hududida Rossiya prezidentining ishonchli vakili bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0