19:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
113540

Frantsuz yetakchisi karikaturasi gazetaning old sahifasiga "Parij iblisi" sarlavhasi bilan chop etilgan. Makron qizil aft, uchli quloqlar, yovuz nigoh va soʻyloqtishli bir ahvolda tasvirlangan.

TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Eronning "Vatane Emruz" ("Vatan bugun") gazetasi Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronni shayton koʻrinishida tasvirladi. Bu surat Makron Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarni Frantsiya hukumat binolarida ilib chiqish haqidagi qaroridan soʻng paydo boʻldi.

Frantsuz yetakchisi karikaturasi gazetaning old sahifasiga "Parij iblisi" sarlavhasi bilan chop etilgan. Makron qizil aft, uchli quloqlar, yovuz nigoh va soʻyloqtishli bir ahvolda tasvirlangan.

Nashr bosma hamda onlayn-formatda chiqqan.

​Ilgariroq Eron tashqi ishlar vazirligi "frantsiya rasmiy shaxslari paygʻambarga chizilgan tahqirlovchi karikaturalarni qatʼiyat bilan qoʻllab-quvvatlayotganiga" protest ramzi sifatida frantsuz diplomatini chaqirtirgan edi. Idora Frantsiya hukumatining bu singari pozitsiyasini qoraladi va nomaqbul deb topdi.

Oktyabr oyi boshida Makron Frantsiyadagi diniy separatizmga qarshi katta nutq bilan chiqish qilgan va respublika qadriyatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9 dekabrda taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Frantsiya yetakchisi "Frantsiyani chet el taʼsiridan ozod etish" va masjidlar moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi xususida fikr bildirdi.

Sal oldin, Frantsiya prezidenti, Charlie Hebdo satira jurnalida sentyabr boshida Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarga izoh berar ekan, mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligini alohida taʼkidlagan edi. Tarix muallimi Samyuel Pati qotilligidan soʻng Makron Frantsiyada karikaturalar chop etilishidan voz kechilmasligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular