05:58 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
223 0 0

Saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ilk marta erini qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ilk marta erini qoʻllab-quvvatladi. RIA Novosti xabariga asosan.

"U jangchi" va uni yana toʻrt yilga Oq uyda qoldirish kerak”, deb aytdi.

"Donald - jangchi, u bu mamlakatni yaxshi koʻradi va u siz uchun har kuni kurashadi", - dedi AQSH prezidentining rafiqasi Pensilvaniya shtatidagi mitingda.

U oʻz nutqini koronavirusga chalinganida koʻrsatilgan koʻmak uchun minnatdorlik izhor etish bilan boshladi. "Biz Amerika ushbu kutilmagan muammoni yengib chiqishini bilamiz", - Melaniya Tramp. 

Biroq turmush oʻrtogʻining xizmatlarini sanab oʻtayotganda, tomoshabinlardan kimdir: "buning ustiga u yoqimtoy”, deb baqirganida, u jilmayib qoʻydi va hech qanday ishora qilmasdan: "Qoʻshilaman", dedi.

Tadbir uchun yashil rangli harbiy uslubdagi koʻylakni tanlagan Melaniya, shuningdek, eri "jinsi va irqidan qatʼi nazar Donald odamlarga yordam berishni yaxshi koʻrishini", taʼkidladi.

"Boshlagan ishini oxiriga yetkazishi va mamlakatimiz gullab-yashnashida davom etishi uchun biz Donaldni Oq Uyda ushlab qolishimiz kerak", - deb qoʻshimcha qildi u.

Asosiy mavzular