07:21 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
11520

Moldovada 1 noyabr kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Prezident kursisi uchun 8 nomzod kurashmoqda.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Moldovada 1 noyabr kuni prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Butun mamlakat boʻylab ovoz berish uchastkalari ochildi, deb yozmoqda Sputnik Moldova nashri.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt soat 7 dan ochilib, soat 21 gacha ishlaydi. Agar nomzodlardan birortasi saylovlarda ishtirok etgan ovoz beruvchilarning 50 foizdan koʻprogʻining ovozini toʻplay olmasa, 15 noyabrda ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi.

Moldova prezidenti lavozimi uchun 8 nomzod kurashmoqda: Renato Usatiy (“Bizning partiya”sidan), Andrey Nestase (Qadr-qimmat va haqiqat” platformasi” partiyasidan), Tudor Deliu (Moldova Liberal-demokratik partiyasidan), Igor Dodon (mustaqil nomzod), Violetta Ivanova (“Shor” siyosi      y partiyasidan), Mayya Sandu (“Harakat va birdamlik partiyasi”dan), Oktavian Tsiku (“Milliy birdamlik partiyasi”dan) va Dorin Kirtoake (“UNIREA” saylov blokidan).

Prezident kursisi uchun haqiqiy kurash amaldagi mamlakat prezidenti Igor Dodon va sobiq bosh vazir Mayya Sandu oʻrtasida kechishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular