06:47 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
142321

Markaziy Osiyoning qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Markaziy Osiyoning qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko Xalqaro ishlar boʻyicha Federatsiya Kengashi qoʻmitasi onlayn yigʻilishida aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida beqarorlik alomatlari kuchayganini koʻryapmiz, gap nima haqida ketayotganini eslatib oʻtirmayman, ammo shuningdek Afgʻonistonning shimoliy hududlaridagi vaziyat unchalik optimizm bilan qarashga imkon bermayapti", - dedi Rudenko.

Shu munosabat bilan u Rossiya va Turkmaniston oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimning muhimligiga ishora qildi, uning loyihasi parlamentning yuqori palatasi qoʻmitasi yigʻilishida koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular